E-Taklifnomachi
Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 12-may, 2026
1. Xizmat haqida
E-Taklifnomachi orqali foydalanuvchilar onlayn taklifnoma yaratishi, tahrirlashi va mehmonlarga havola orqali ulashishi mumkin.
2. Hisob va ma'lumotlar
Ro'yxatdan o'tishda telefon raqami, foydalanuvchi nomi va parol kiritiladi. Foydalanuvchi o'z hisob ma'lumotlarini to'g'ri kiritishi va parolini xavfsiz saqlashi kerak.
3. Bepul va 1 oylik havola
Taklifnoma havolasi yaratilgandan keyin 72 soat bepul ishlaydi. "1 oylik havola" degani to'lov admin tomonidan tasdiqlangandan keyin havola 1 oy davomida ochiq turadi.
1 oy tugagach taklifnoma rejasi bepul holatga qaytadi va havola avtomatik yopiladi. Foydalanuvchi havolani qayta ochish uchun yana to'lov qilishi mumkin.
4. To'lov va tekshiruv
1 oylik havola uchun to'lov kartaga o'tkaziladi va chek Telegram yoki telefon orqali adminga yuboriladi. Admin chekni tekshiradi va to'lov tasdiqlansa taklifnoma 1 oylik holatga o'tkaziladi. Chek tasdiqlanmasa foydalanuvchi qayta to'lov ma'lumotini yuborishi mumkin.
5. Pulni qaytarish shartlari
Foydalanuvchi to'lov qilingan kundan boshlab 7 kun ichida, agar pullik xizmat hali faollashtirilmagan bo'lsa, pulni qaytarishni so'rashi mumkin. Pullik xizmat faollashtirilmagan holatga taklifnoma 1 oylik havolaga o'tkazilmagan holat kiradi.
1 oylik havola faollashtirilgandan keyin xizmat ko'rsatilgan hisoblanadi. Bunday holatda, taklifnoma hali mehmonlarga yuborilmagan bo'lsa ham, pul qaytarilmaydi.
Takroriy to'lov, noto'g'ri yechilgan summa yoki platformadagi tasdiqlangan texnik xatolik sababli xizmatdan foydalanib bo'lmasa, pul qaytarilishi mumkin. Bunday holatda foydalanuvchi to'lov cheki va muammo haqida ma'lumotni call-markaz yoki admin orqali yuboradi.
Taklifnoma muvaffaqiyatli 1 oylik holatga o'tkazilgandan keyin pul qaytarilmaydi, faqat E-Taklifnomachi tomonidan tasdiqlangan texnik xatolik yoki takroriy/noto'g'ri to'lov holatlari bundan mustasno.
6. Kontent uchun javobgarlik
Taklifnomaga kiritilgan matn, rasm, musiqa, manzil va boshqa ma'lumotlar uchun foydalanuvchi javobgar. Noqonuniy, haqoratli yoki boshqalarning huquqini buzadigan kontent joylashtirish mumkin emas.
7. Xizmatdagi o'zgarishlar
Sayt texnik ishlar, xavfsizlik, xizmatni yaxshilash yoki boshqa zarur holatlarda vaqtincha ishlamasligi mumkin. Shartlar o'zgarsa, yangi talqin shu sahifada e'lon qilinadi.
8. Aloqa
Savol yoki muammo bo'lsa, call-markaz orqali bog'lanishingiz mumkin: +998 91 055 39 98.